Karlo Anchelotti "Real" bosh murabbiyi lavozimiga qaytganidan so‘ng ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu yerga kelganimdan juda xursandman, bu yerni o‘z uyim deb his qilaman. O‘tmishda qilgan ishlarimizni takrorlash uchun qo‘limdan kelganini qilaman.
"Real"dagi faoliyatim haqida juda yaxshi xotiralar qolgan. O‘ylaymanki, o‘sha paytdagi ijobiy narsalarni yana takrorlashimiz mumkin.
"Real"ga murabbiylik qilish nimani anglatishini tushunaman, buni katta zavq va quvonch bilan qilaman. Men bor kuchimni berib ishlashga harakat qilaman.
"Real"ga murabbiylik qilish ajoyib, chunki bu dunyoning eng yaxshi klubi. Bu yerda mas’uliyat boshqa klublarga qaraganda yuqori bo‘lishi odatiy holdir. Men buni qabul qilaman.
Tomoshabop va shiddatli futbol "Real" uchun an’anaga aylangan. So‘nggi yillarda futbol o‘zgarib, nisbatan tajovuzkorroq va jamoaviyroq bo‘lib qoldi. Ammo "Real"da hammasi avvalgidek: hujumkor va tomoshabop futbol ushbu klub tarixida bor, muxlislar aynan shuni xohlaydi”, - dedi italiyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?