15:30 / 03.06.2021
2 220

Arsen Venger "Yevro-2020"da qaysi terma jamoa favorit ekanini aytdi


Ko‘p yillar davomida "Arsenal" klubini boshqargan fransiyalik mutaxassis Arsen Venger yaqinlashib kelayotgan Yevropa chempionati haqida gapirdi. U musobaqaning asosiy favoriti kimligini aytdi.

Men Fransiya terma jamoasini mutlaq favorit deb bilaman. Deshamda yosh va istiqbolli jamoa mavjud. Ushbu futbolchilar hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmagan. Maydonga Mbappe, Koman, Grizmann, Benzema va boshqa ko‘plab yulduzlar chiqadi. Men ularni musobaqaning asosiy favoritlari deb hisoblayman”, - dedi Venger.

Fransiya terma jamoasi “Yevro-2020”ning “F” guruhida Germaniya, Portugaliya va Vengriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fransuzlar kecha chempionatga tayyorgarlik doirasida Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger "Yevro-2020"da qaysi terma jamoa favorit ekanini aytdi