10:45 / 05.06.2021
9 640

JCH saralashdagi raqibimiz Yaman terma jamoasi murabbiyi va’da berdi


Ertaga JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuv biz uchun ahamiyatga ega, negaki har ikki jamoa O‘zbekiston joy olgan guruhda bahs olib bormoqda. Yaman terma jamoasi saralash o‘yinlariga ko‘ngildagidek tayyorgarlik ko‘ra olmadi.

Mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy notinchlik terma jamoa rejalariga ham ta’sir qildi, buning oqibatida yamanliklar shu yilning yanvar oyidan beri tuzuk mashg‘ulot yoki o‘yin o‘tkazishmadi. Bundan tashqari o‘tgan oy Yaman terma jamoasi yig‘in o‘tkazayotgan mahal bosh murabbiy Sami Al Naash COVID sabab vafot etdi.

Shundan so‘ng asosiy jamoani Ahmed Ali Qassem qabul qilib oldi. Ushbu murabbiy ertaga bo‘ladigan o‘yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Biz Yaman xalqiga jahon chempionati saralash bahslarida bor imkoniyatimizni ishga solishga hamda o‘z o‘yinimiz bilan muxlislarni xursand qilishga va’da beramiz. Biz hayotda realistmiz, shu bois qanday raqiblarga qarshi maydonga tushishni juda yaxshi bilamiz. Oldindan balandparvoz gaplarni aytmoqchi emasman, lekin shuni aytishim mumkin, har bir o‘yinda bor kuch bilan harakat qilamiz", - deydi yamanliklar ustozi.

Yaman terma jamoasi hozirgacha o‘tkazilgan 5ta o‘yindan 5 ochko to‘plab oxirgi o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa jahon chempionati saralash bahslarida keyingi bosqichga chiqa olmaydi, biroq Osiyo Kubogi-2023ga chiqishga urinib ko‘radi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 11 iyun kuni aynan shu jamoaga qarshi maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH saralashdagi raqibimiz Yaman terma jamoasi murabbiyi va’da berdi