00:58 / 08.06.2021
2 969

O‘zbekiston Singapur darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi!


Jahon Chempionati saralash bosqichi 6-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Singapur uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda vakillarimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Jaloliddin Masharipov o‘z dubli bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Bo‘lim so‘ngida Shomurodov hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Ikkinchi taymda Odil Ahmedov bitta gol urdi va raqibning avtogoliga sababchi bo‘ldi.
Shu tariqa, Abramov boshchiligidagi "oq bo‘rilar" ochkolari sonini 12 taga yetkazib olgan holda, Saudiya bilan oradagi farqni 2 ochkoga qisqartirdi. Singapur hisobida 7 ochko mavjud.

O‘zbekiston - Singapur 5:0  
Gol:
Jaloliddin Masharipov 6', 35', Eldor Shomurodov 45+2', Odil Ahmedov 50', avtogol Irfan Fandi 89'
O‘zbekiston – Sanjar Quvvatov, Husniddin Aliqulov (Hojiakbar Alijonov, 45), Umarbek Eshmurodov,  Islomjon Qobilov, Oleg Zoteyev, Otabek Shukurov (Odiljon Hamrobekov, 55), Odil Ahmedov, Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov (Farruh Ikromov, 55), Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 46, Temurxo‘ja Abduholiqov, 60), Eldor Shomurodov
Zaxira: Valijon Rahimov, Abduvohid Ne’matov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Rustamjon Ashurmatov, Abrorbek Ismoilov, Vagiz Galiulin, Sanjar Shoahmedov
Singapur – Izvan Mahbud, Madxu Moxana (Zulqarnayn Suzliman, 67), Bayxakki Xayzan, Shakir Xamza, Nazrul Nazari (Shaval Anuar, 46), Shahdan Sulaiman, Zulfaxmi Arifin, Xafiz Sujad (Irfan Fandi, 30), Xazzuvan Xalim (Sayfulla Akbar, 71), Faris Ramli, Yasir Xanapi
Zaxira: Zayful Nizam, Xassan Sanni, Anu, Amirul Adli, Hafiz Nur, Ilxan Fandi, Gabriel Kvak
Ogohlantirishlar: Bayxakki Xayzan (10), Otabek Shukurov (12), Zulfaxmi Arifin (33), Odiljon Hamrobekov (59), Islomjon Qobilov (90+1).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Singapur darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi!