09:00 / 09.06.2021
2 803

Ilhom Mo‘minjonov: "Sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldik. "Olimpik"ning 18-19 yoshli futbolchilari bizni "yirtib" tashlashdi"


Pro liganing 10-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldik. "Olimpik" bugungi bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Ham jismonan, ham taktik tomonlama bizdan ustun keldi va haqli ravishda g‘alabaga erishdi. O‘tgan turda "Buxoro"ga yutqazganimizda ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lgandi. Yarim himoyachilar va hujumchilarimiz o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. To‘g‘ri ikkita o‘yinda 5ta gol o‘tkazdik, ammo himoyachilarga u qadar e’tirozlarimiz yo‘q. Takrorlayman, bugun sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldik. Bunday o‘yin bilan Superligaga yo‘llanma olish juda qiyin", - deydi Ilhom Mo‘minjonov.

- Ikki o‘yindan buyon "Neftchi" o‘yin jihatidan ham, natija jihatidan ham kichik "krizis"ga tushib qolganiga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- Yarim himoya va hujumchilar haqida bekorga aytganim yo‘q. Sababi yarim himoyada tajribali futbolchilarimiz ko‘p. Bugungi o‘yindan keyin menimcha o‘zlarini yig‘ib olishadi. "Olimpik" safidagi 18-19 yoshli futbolchilar qo‘pol qilib aytganda bizni "yirtib" tashlashdi. Birinchi davra tugashiga oz qoldi, oldinda ikkita o‘yin bor.

- Yarim himoya va hujum chizig‘iga yangi futbolchilar keladi demoqchimisiz?
- Agar shunday davom etadigan bo‘lsa, ha yangilarni taklif etamiz. Hujumchilarimiz bo‘lajak ikkita o‘yinda o‘zlarini ko‘rsatishadi deb o‘ylayman. Superligaga mag‘lubiyatsiz chiqish imkonsiz. Murabbiylar shtabi bilan astoyidil ishlaymiz. Bugungi sharmandali mag‘lubiyatdan keyin bir nima deya olmaymiz.

- "Neftchi"da tajribali futbolchilar ko‘p. Ammo oxirgi ikki o‘yinda motivatsiya yo‘qolib qolgandek. Mana shu davrda jamoada qandaydir muammo kelib chiqmadimi?
- Bu futbol, stabillik yo‘q. O‘zbekiston Superligasi o‘yinchilarida ham stabillik kam bo‘ladi. Shu bois ikkita o‘yinda yutqazdik va 5ta gol o‘tkazdik. Oldinda "Yangiyer" bilan o‘yin kutib turibdi, shu o‘yinda astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "Sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldik. "Olimpik"ning 18-19 yoshli futbolchilari bizni "yirtib" tashlashdi"