5 iyuldan O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochiladi. PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev "Telegram"dagi kanali bu haqda post qoldirdi. Unda ayrim jamoalarning bosh murabbiy bilan shartnomasi mavsum so‘ngida yakunlanishi haqida ham yozilgan.
"5 iyul kuni bizda yozgi transfer oynasi ochiladi. Jamoalar bunda hech bo‘lmasa 2022 yilni ko‘zlab futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkinmi?
Savolga javobni izlash uchun quyidagi faktni taqdim qilaman. Shu yil so‘ngida "Metallurg", "Paxtakor", "Surxon", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "So‘g‘diyona", "Qo‘qon-1912", "Nasaf", "Turon", "Andijon" kabi Superliga klublari hamda "Olimpik", "Yangiyer", "Dinamo", "Sho‘rtan", "Xorazm" kabi Pro liga klublari bosh murabbiysiz qoladi. "Oqtepa" va "Buxoro"da murabbiy masalasi chalkash.
Ya’ni, 23 ta professional klubning 17 tasida bosh murabbiy va rahbariyatning kelasi mavsum uchun rejasi deyarli mavhum. Bu esa katta ehtimol bilan yozgi transfer yurishlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Holat yuzasidan xulosa chiqarish uchun biz bilgan Yevropa klublari bu masalada qanday ishlashini o‘rganib chiqishning o‘zi kifoya", -deya yozib qoldirgan Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi