“Barselona” yozgi transferlar vaqtida jamoa hujumkorligini kuchaytira oladigan futbolchilarni olib keladi. Ana shu maqsadda, kataloniyaliklar “Manchester Siti” safida Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan Ilkay Gyundog‘an va Riyod Mahrezning agentlari bilan muzokaralarga kirishdi.
Xosep Gvardiola yozda jamoasiga “Aston Villa” yetakchisi Jek Grilishni olib kelishini ma’lum qilgan. Bu pozitsiyada Mahrez o‘ynaydi. Shu bois, Riyad boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.
Gyundog‘an manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar ham kataloniyaliklar bilan o‘zaro hamkorlik shartlarini muhokama qilib oldi va bu transfer ham amalga oshishi mumkin.
Mahrez premer-liga o‘yinlarda 27 ta uchrashuvda 9 ta gol va oltita golli pas muallifi bo‘ldi. Ilkay esa, 28 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi va ikkita assistni amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi