3 373
Vadim Abramov Yamanga qarshi o‘yin oldidan tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkinligi haqida gapirdi
Ertaga o‘tkaziladigan Yaman - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Yirik hisobdagi g‘alabadan keyin ham biz uchun hech narsa o‘zgarmadi. Vazifamiz o‘sha-o‘sha. Keyingi bosqichga chiqishni istasak, oldindagi ikkita uchrashuvda 6 ochkoni qo‘lga kiritishimiz lozim. Ko‘ramiz, bu o‘yin.
Yamanni hurmat qilamiz. Ular ham bu yerda o‘z uyidagidek his qilishadi. Yamanlik muxlislar ko‘p. Biz hozir faqat Yaman haqida o‘ylayapmiz.
Masharipovdan yaxshi futbol kutaman. U ajoyib futbolchi va liderlardan biri. Shu yerda ham o‘zini ko‘rsatishi kerak.
Har qanday jamoa raqibi imkon berganchalik o‘ynaydi. Bizga o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga imkon berilsa, yaxshi bo‘ladi. Jarohatlarimiz bor. Shu sabab ertaga ba’zi o‘zgarishlar qilsak kerak, - dedi Vadim Abramov.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. Yaman ayni payt turnir jadvalida 6 turda 5 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda. Hamyurtlarimiz esa 6 o‘yinda 12 ochkoni qo‘lga kiritib, ikkinchi pog‘onani band etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi