10:37 / 29.06.2021
2 040

Ro‘ziqul Berdiyev: "Umidjon Ergashevning holati yaxshi"


Coca-Cola Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida
- Juda kuchli raqib maydonida g‘alaba qozondik. Tezkor golimiz g‘alabaga asosiy omil bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar katta kuch bilan oldinga o‘tishdi, shu sabab biz himoyalanishga majbur bo‘ldik.

- Umidjon Ergashevning holati haqida ma’lumot bersangiz...
- Darvozabon Umidjon Ergashevning holati yaxshi ekan, hozirgina aytishdi. Vaziyat shunday bo‘ldi, tasodifan yuz bergan jarohat. G‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi.

- Jamoangiz ikkinchi bo‘limda vaqt cho‘zgandek ko‘rindi...
- Vaqt cho‘zish ko‘rsatma emasdi. Yutqazayotgan jamoaga og‘ir botadi. Atay o‘yin cho‘zganimiz yo‘q, biz bunday ko‘rsatma bermaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Umidjon Ergashevning holati yaxshi"