Foto: Getty Images
Amerika Kubogi—2021 ikkinchi yarim finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Lautaro Martines Messining uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 61-daqiqada Luis Dias Marulanda muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi.
Seriyada argentinaliklar posboni Emiliano Martines uchta zarbani qaytardi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa Argentina terma jamoasi finalga yo‘l oldi va unda Braziliya qarshi bahs olib boradi. Final bahsi Toshkent vaqti bilan 11 iyul tongi soat 05:00 da boshlanadi. Kolumbiya esa Peruga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.
Amerika Kubogi—2021
1/2 final bahsi
Argentina – Kolumbiya 1:1
Gollar: 1:0 – 7 Martines, 1:1 – 61 Dias.
Penaltilar seriyasi — 3:2
Argentina: Martines, Molina (Montiyel, 46), Petsselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Rodriges, Lo Chelso (Paredes, 56), Messi, Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).
Kolumbiya: Ospina, Munyos, Mina, Sanches, Tesilyo (Fabra, 46), Kuadrado, Barrios, Kuelyar (Chara, 46), Dias, Borre (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 60).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (21), Kuadrado (45), Fabra (55), Borxa (63), Montiyel (72), Munyos (75), Kardona (86), Rodriges (87), Barrios (88), Petsselya (90). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi