MMA jangchisi, «Osiyo ayig‘i» Murod Xonto‘rayev 34 yoshida vafot etdi

MMA jangchisi, «Osiyo ayig‘i» Murod Xonto‘rayev 34 yoshida vafot etdi
Bugun, 19 iyul kuni MMA jangchisi, «Osiyo ayig‘i» Murod Xonto‘rayev 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning boshqaruvidagi avtomobil Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chorvoq yo‘lida boshqaruvni yo‘qotish natijasida YTHga uchragan.
MMA jangchisi, «Osiyo ayig‘i» Murod Xonto‘rayev 34 yoshida vafot etdi
Murod Xonto‘rayev 1987 yil 4 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 26 noyabr kuni Murod Xonto‘rayevning ofisiga niqoblilar bostirib kirib, unga sovuq qurol bilan tan jarohati yetkazishgandi. Undan avvalroq esa uni pichoqlashgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar