Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha -57 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov 28 iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasi 1/8 finalida qatnashdi.
1/8 finalda unga irlandiyalik Kyort Uoker raqib bo‘ldi. O‘zbekistonlik bokschi 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Birinchi raundda kichik ustunlik Uoker tomonida bo‘ldi. Keyingi raundlar to‘liq Mirazizning ustunligida o‘tdi. Biroq hakamlarning ko‘pchilik qismi ikkinchi raundni irlandiyalik sportchi foydasiga yozdi. Mirzaxalilov 3-raundda raqibini bir necha bor muvozanatdan chiqarganiga qaramay, referi hisobni ochmadi. Shuningdek, hakamlar biri savollarga o‘rin qoldirmagan uchinchi raundda Kyortning g‘alabasini qayd etdi.
Hakamlarning qarori borasida britaniyalik tahlilchi Teylor Higgins shunday fikr bildirdi.
- "Dahshatli qaror. Kyort Uokerga sovg‘a qilishdi, 1-raundda yutgan edi, lekin 2 va 3-raundlarda toza yutqazdi. Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov Tokio—2020 Olimpiadasidan chiqib ketdi va bizni bir nechta fantastik jangdan mahrum qilishdi.
Men irlandiyalikman, men uchun irlandiyalik bokschining g‘alabasidan kattaroq narsa yo‘q. Biroq Kyort bu jangni yutmadi, bu aniq va tushunarli. U Mirzaxalilovga qarshi turish uchun fantastik tarzda harakat qildi, biroq bu g‘alaba uchun yetarli emas", - dedi boks tahlilchisi Teylor Higgins.
Qayd etish kerak, Mirzaxalilov ushbu vazn toifasida amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz