17:43 / 28.07.2021
2 874

Taniqli insayder Shomurodov jamoasini o‘zgartirayotganini tasdiqladi


"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov "Roma"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya yozmoqda italiyalik insayder Nikolo Skira. Rimliklar forvardning transferi borasida "Jenoa" bilan muzokara boshlagan.

Avvalroq, genuyaliklar 26 yoshli futbolchini 15 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Qolaversa, "Jenoa" Eldorning keyingi transferlaridan ham foyda olmoqchi. Rim klubi Shomurodovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, legionerimiz 2020 yil "Rostov"dan "Jenoa"ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsum u 32ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan. Eldorning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Taniqli insayder Shomurodov jamoasini o‘zgartirayotganini tasdiqladi