12:45 / 29.07.2021
3 160

Tokio-2020. Bahodir Jalolov chorak finalda kim bilan jang qiladi?


Jahon chempioni, delegatsiyamiz bayroqdori Bahodir Jalolov ham Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Dastlabki bellashuvda hamyurtimiz chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ozarbayjonlik Muhammad Abdullayevga qarshi kechgan bellashuvda bokschimiz haqiqiy yetakchilarga xos jang qildi va raqibini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi. Hatto referi 2-raundda Bahodirning kuchli zarbasidan so‘ng hisobni ochishga ham majbur bo‘ldi. Vakilimizga chorak finalda hindistonlik Satish Kumar raqiblik qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport