O‘zbekiston terma jamoasi Afrikaning ikki karra chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Afrikaning ikki karra chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailanddagi “Continental” xalqaro turnirining 3-o‘rni uchun tashkil etilgan bahsda Afrika qit’asining ikki karra chempioni - Misr terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan uchrashuv 4:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni terma jamoamiz safida gollarni Anasxon Rahmatov (21', 40'), Ixtiyor Ropiyev (25') va Akbar Usmonov (26') kiritdi.

“Continental” xalqaro turniri
3-o‘rin uchun bahs
O‘zbekiston - Misr 4:0
Gollar:
Anasxon Rahmatov 21', 40', Ixtiyor Ropiyev 25', Akbar Usmonov 26'.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar