Foto: «Eminetra»
Gruziyalik ikki nafar dzyudochi Tokio olimpiadasini tark etdi — kovid-cheklovlarni buzishgan. Bu haqda «Kyodo» agentligi Gruziya milliy olimpiya qo‘mitasiga asoslanib xabar berdi.
Epidemiologik protokolga amalga qilmagan ikki sportchining nomlari keltirilmagan. Faqat ular Yaponiya poytaxtining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun Olimpiya qishlog‘ini tark etishgani ma’lum. Mahalliy OAVga ko‘ra, guvohlar Gruziya terma jamoasining kumush medalli ikki sportchisini Tokio minorasida ko‘rishgan, bu Olimpiadada koronavirus tarqalishining oldini olish uchun joriy etilgan cheklovlar talablarini buzish sanaladi.
Gruziya terma jamoasi shu paytgacha Tokio olimpiadasida to‘rtta medalli bo‘ldi, hammasi aynan dzyudo yo‘nalishida: Lasha Bekauri oltin, Vaja Margvelashvili, Lasha Shavdatuashvili va Guram Tushishvili kumush medallarni qo‘lga kiritishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz