22:17 / 01.08.2021
4 768

Eldor Shomurodov Portugaliyaga uchib ketdi (video)


Avvalroq, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Rimga uchib kelgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shomurodov tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va "bo‘rilar" bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Bugun Eldor va rimliklarning yana bir futbolchisi Brayan Kristante Portaguliyaga yo‘l oldi. Ertaga "Roma" Eldor transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Rim klubi "Jenoa"ga 2,5 million yevro miqdorida ijara puli to‘laydi. Shomurodov ma’lum miqdordagi o‘yinlarda ishtirok etsa yoki “Roma” yangi mavsum oxirida Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olsa, bu transfer avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ya’ni, Shomurodov “Roma”ning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Portugaliyaga uchib ketdi (video)