22:44 / 03.08.2021
8 356

Shomurodov keldi, endi "Roma"ga jahon chempioni kerak emas!


Joze Mourino “Roma” tarkibini o‘ziga moslashtirmoqda. Portugaliyalik murabbiy tashabbusi bilan Eldor Shomurodov “Jenoa”dan olib kelindi va rasman tanishtirildi.

Hamyurtimizning Rimga kelishi “Roma” tarkibidagi jahon va Yevropa chempioni Pedro Rodrigesning ketish paytiga to‘g‘ri kelib qoldi. Aniqrog‘i, Joze Mourino 34 yoshli hujumkor yarim himoyachiga yangi mavsumda imkon bermasligini ta’kidlab, uni mavsumoldi yig‘iniga jalb qilmadi.

“Roma” yaqinda ispaniyalik futbolchini “Zenit”ga taklif qilib, eronlik hujumchi Sardor Azmunning transferida undan foydalanmoqchi edi. Biroq, oxir-oqibat rimliklar Eldor Shomurodov nomzodida to‘xtadi.

O‘tgan mavsumda Pedro jamoaning eng faol o‘yinchilaridan bo‘ldi. U jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va yettita golli pas muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov keldi, endi "Roma"ga jahon chempioni kerak emas!