12:38 / 06.08.2021
2 137

Rasman! Jek Grilish - Buyuk Britaniya tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi


"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "shaharliklar" 25 yoshli ingliz futbolchisi bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolashgan. Uning transferi "Siti"ga 118 million yevroga tushgan. Shu tariqa u tarixdagi eng qimmat britaniyalik futbolchiga aylandi.
Grilish “Manchester Siti”da 10-raqamni tanladi.

Jek o‘tgan mavsum “Aston Villa”da 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Jek Grilish - Buyuk Britaniya tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi