
Olimpiya o‘yinlarining yengil atletika dasturidagi ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash musobaqalari yakuniga yetdi. Unda yurtimiz sharafini Safina Sadullayeva munosib himoya qildi.
Final bosqichida u avvaliga 1,89 metr, ikkinchi urinishda 1,93 metr balandlikni zabt etdi. 1,96 metr balandlikni ikkinchi urinishda zabt etgan Safina navbatdagi balandlik 1,98 metr to‘siqdan o‘ta olmadi.
Bir yarim yil avval farzandli bo‘lgan va keyinchalik yana sport faoliyatini tiklab, qisqa muddatda formaga kirgan Safina avvaliga litsenziyani qo‘lga kiritdi, Olimpiya o‘yinlarida esa final bosqichiga yetib borgan holda 5-9-o‘rinlarni bo‘lishib oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar