Ertaga Messi ishtirokida matbuot anjumani bo‘ladi

Ertaga Messi ishtirokida matbuot anjumani bo‘ladi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 8 avgust kuni "Kamp Nou"da matbuot anjumani o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 5 avgust kuni 34 yoshli hujumchi endi "ko‘k-anorrangililar" sharafini himoya qilmasligini ma’lum qilgandi.

Messi Kataloniya klubida 18 yil harakatlandi. U "Barselona"da 10 karra Ispaniya chempioni, 7 karra Kubok egasi va Superkubok sohibi bo‘ldi. Shuningdek, 4 marta Chempionlar Ligasini, 3 marta Yevropa Superkubogini va klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar