2 929
Xayrulla Hamidov: Qochib ketib gol urish borasida Eldor borgan sari monstrga aylanmoqda!

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi mavsumoldi yig‘in davomida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda. Rimliklar bu gal Ispaniyada "Betis" bilan kuch sinashdi.
Bellashuvda "bo‘rilar" 5:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz ilk o‘yinidayoq gol urdi va bir marta assistni amalga oshirdi.
Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida ushbu voqelikka o‘z munosabatini bildirdi.
- Qochib ketib gol urish borasida Eldor borgan sari monstrga aylanmoqda. Bir gol, bir assist - debyut o‘yinga yomonmas, a?!
Jamoasi yutqazdi darvoqe.
Shomurodov o‘rtoqlik o‘yinida ham jang qiladigan, murabbiyi bilan qo‘shilib ikki futbolchisi qizil kartochka oladigan maskanga kelganini anglab oldi (Rasmiy o‘yinlar qanday bo‘ladi, bilmaymiz).
Xullas, nima bo‘lgan taqdirda ham tabrik! - dedi Xayrulla Hamidov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar