
Bundan biroz avval Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi so‘nggi o‘zbekistonlik sportchi – Bahodir Jalolov finalda amerikalik bokschini taslim qilgan holda terma jamoamiz hisobiga 3-oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan Olimpiadani yakunladi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakunlanishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi hozirda 3 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 31-o‘rinni egallab turibdi.
Ushbu natijani MDH mamlakatlari orasida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Rossiya Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasidan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan so‘ng 2-o‘rin qo‘shni Qirg‘iziston delegatsiyasiga nasib etdi. 16 nafar sportchi bilan Olimpiadaga borgan Qirg‘iziston yakunda 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Turkmaniston (1 ta kumush) va Qozog‘iston (8 ta bronza) egalladi. Tojikiston esa musobaqani medalsiz yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar