
Bugun Olimpiada o‘yinlarining so‘nggi kunida boks bo‘yicha +91 kg vaznda ham final janglari o‘tkazildi. Unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov biz uchun yagona bo‘lgan oltin medalni taqdim etdi.
Musobalarning umumjamoa (ayollar va erkaklar) hisobiga nazar soladigan bo‘lsak, Kuba vakillari 4 oltin va 1 bronza medali bilan 1-o‘rinda, Britaniya bokschilari 2 oltin 2 kumush va shuncha bronza medali bilan 2-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, Rossiya Olimpiya bayrog‘i ostida harakat qilgan charm qo‘lqop ustalari 1 oltin 1 kumush va 4 bronza medal bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan. O‘zbekiston jamoasi esa 1 oltin medal bilan 8-pog‘onani band etgan.
Faqat erkaklar o‘rtasidagi bahslar bo‘yicha hisoblasak, kuchli beklik quyidagicha bo‘ladi:
1. Kuba - 4 oltin 1 bronza.
2. Britaniya - 1 oltin 2 kumush 1 bronza.
3. Rossiya Olimpiya qo‘mitasi - 1 oltin 1 kumush 3 bronza.
4. Braziliya - 1 oltin 1 bronza.
5. O‘zbekiston - 1 oltin.
Quyida to‘liq jadval bilan tanishing:


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar