Messisiz «Barselona» «Yuventus»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Messisiz «Barselona» «Yuventus»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Joan Gamper Kubogida Kataloniyaning «Barselona» va Italiyaning «Yuventus» klublari bahs olib borishdi. Unda yirik hisob qayd etildi.

E’tiborlisi, «Barselona» Messisiz o‘ynagan bo‘lsa, Italiya klubi safida Ronaldu asosiy tarkibda harakat qildi.
O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan kataloniyaliklar Depay, Breytueyt va Puchning gollari evaziga muvaffaqiyat qozondi va Joan Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi.

Barselona — Yuventus 3:0
Gollar:
Depay (3), Breytueyt (57), Puch (90+2).
Barselona — Neto, Dest (Yemerson, 62), Pike, Arauxo (Umtiti, 62), Jordi Alba (Balde, 71), Buskets, Serji Roberto (Puch, 71), Demir (Gonsales, 62), Grizmann (Kolyado, 86), Depay, Breytueyt (Manay, 78).
Yuventus — Shchensni (Perin, 46), De Shilo (de Vinter, 79), de Ligt (Kellini, 61), Rugani (Bonuchchi, 61), Aleks Sandro (Pellegrini, 46), Bentankur (Danilo, 46), Remzi (Makkenni, 46), Bernardeski (Ranokkiya, 61), Kuadrado (Keza, 46), Morata (Markes, 61), Ronaldu (Kulusevski, 46).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar