
PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida Lionel Messining transferi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bunday futbolchining "Pari Sen-Jermen"ga o‘tishga qaror qilganidan juda ham mamnun.
Messi ham, klub ham eng yuqori darajadagi sovrinlar yutish xohishini bildirishgan. Argentinalikning transferi klub uchun odatiy bo‘lib qolgan jahon darajasidagi ijrochilarning xaridi davomidir.
Nosir Al Xelayfi shuningdek qo‘shimcha qildiki, u Maurisio Pochettino va uning yordamchilari futbol tarixiga kirishini sabrsizlik bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar