
PSJ hujumchisi Lionel Messi yangi jamoasida qaysi pozitsiyada to‘p surishini hozircha bilmasligini aytdi.
“PSJga o‘tishdan oldin men Pochettino bilan gaplashganman. Maurisio mening transferimni orziqib kutayotganini aytdi. Ammo biz taktika haqida gaplashmadik. Shu bois, maydonda qanday pozitsiyani egallashimni bilmayman. Bu murabbiyning muammosi. O‘ylaymanki, hamma moslasha oladi", - dedi 34 yoshli argentinalik futbolchi.
Messining Parij grandiga o‘tgani shu hafta boshida e’lon qilindi. Leo klub bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzoladi.Argentinalik to‘purar PSJda 30-raqamda o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar