11:45 / 14.08.2021
1 988

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi tuziladi

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi tuziladi
O‘zbekistonda yaqin kunlarda xokkey bo‘yicha milliy terma jamoa tuziladi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi (O‘XF) vitse-prezidenti Bahodir G‘ofurov ma’lum qildi.

Uning fikricha, O‘XFga 2023 yilda Xalqaro xokkey federatsiyasi (XXF) tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish asosiy vazifa sifatida qo‘yilgan.

«Biz XXF qoidalari bo‘yicha hammasini noldan — jahon chempionatining 4-saralash bosqichidan boshlaymiz. Buning uchun terma jamoaga klublardan eng munosib nomzodlarni saralab olamiz», dedi G‘ofurov.

Terma jamoaga birinchi navbatda xorijiy (asosan rossiyalik) xokkeychilar jalb qilinishi rejalashtirilgan. Buning uchun ular O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilib, respublika bayrog‘i ostida harakat qilishi kerak. Bu holat jahon tajribasida ko‘p kuzatiladi, deb qo‘shimcha qildi vitse-prezident.

O‘zbekistonda «Humo» atalmish yagona xokkey klubi bo‘lib, u bu yilgi mavsumda ham Oliy ligada qatnashadi. O‘tgan mavsumda klub Yevgeniy Popoxin murabbiyligida 34 jamoa ichidan 15-o‘rinni olgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport