
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakat milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha ishlar olib borildi.
Jumladan, bir qator xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o‘rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislarning tahlili va tavsiyasiga ko‘ra yakunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga sloveniyalik tajribali mutaxassis Srechko Katanes nomzodi ma’qul, deb topildi.
O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan haftada, aniqrog‘i 18 avgust kuni Srechko Katanes o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Futbol AssotsiatsiyasiMilliy Terma JamoaBosh MurabbiySrechko KatanesXorijiy MurabbiylarMahalliy Murabbiylar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar