
O‘zbekistonlik olimpiada chempioni Bahodir Jalolov endilikda bor e’tiborini professional boksga qaratib, og‘ir vaznda cho‘qqiga chiqmoqchi ekanini bildirdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
«Olimpiadadan keyin bor e’tiborimni professional boksga qarataman. Bilasiz, og‘ir vaznda kuchli bokschilar ko‘p. Maqsadim ularning darajasiga chiqib, professional boksdagi barcha kamarlarga ega chiqish. Buning uchun ko‘p mehnat qilishim kerakligini yaxshi tushunaman. Bekorga aytishmaydi, cho‘qqiga chiqqan sportchining raqibi ko‘payadi. Professional boksning og‘ir vazni butun dunyo e’tiborida. Men bu cho‘qqiga ham chiqib bormoqchiman», — deydi Jalolov.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov havaskor boksda Osiyo, jahon va olimpiada chempionligiga sazovor bo‘lgan sportchi sanaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar