Yaqin o‘tmishda “Roma” tarkibida porlagan yarim himoyachi Daniele de Rossiya vaqti kelib, Rim klubini boshqarishni orzu qilayotganini aytdi. De Rossi Yevropa chempionatidagi g‘alabadan keyin Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini shtabini tark etgandi.
- Terma jamoadan ketish haqidagi qarorga kelish men uchun og‘ir bo‘ldi. Doimo terma jamoa oldida qarzdor bo‘lib qolaman. Bir narsa aniq – men murabbiy bo‘lmoqchiman. Albatta, 38 yoshimda bu gapim g‘alati tuyuladi. Men kelajakda “Roma”ning bosh murabbiyi bo‘lishni istayman va bu qachonlardir ro‘yobga chiqadi, - dedi Daniele de Rossi.
Daniele de Rossi 2002-2019 yillar davomida “Roma” sharafini himoya qilgan. Bu davr ichida mog‘ir yarim himoyachi 459 ta uchrashuv o‘tkazib, 43 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. De Rossi Italiya terma jamoasi safida 117 marotaba maydonga tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi