20:53 / 17.08.2021
5 076

O‘zbekistonda yana bir sportchilar oilasi paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda yana bir sportchilar oilasi paydo bo‘ladi
Foto: Instagram / Sabina Toshkenboyeva
Badiiy gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva taekvondochi Niyoz Po‘latov bilan turmush qurmoqda. Bu haqda juftlik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

2 sentabr kuni Po‘latov va Toshkenboyeva juftligining nikoh oqshomi bo‘lib o‘tadi.

20 yoshli Toshkenboyeva badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘p karra Osiyo chempioni, Jakarta—2018 Osiyo o‘yinlari va Boku—2017 Islom birdamlik o‘yinlari sovrindori hisoblanadi.

Sabina 2021 yilda Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Biroq Olimpiya o‘yinlaridagi chiqishiga bir necha kun qolganda sportchida koronavirus aniqlandi va uning o‘rnini Yekaterina Fetisova egalladi.

22 yoshli Po‘latov taekvondo sport turi bo‘yicha Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida kumush medali, Baku—2017 Islom birdamligi o‘yinlarida esa oltin medalga ega chiqqan. U shuningdek, 2018 yilgi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Skrin: Instagram / Sabina Toshkenboyeva

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda yana bir sportchilar oilasi paydo bo‘ladi