00:49 / 19.08.2021
2 070

Saken Polatov O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Saken Polatov O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)
Olimpiada yakuniga yetgach o‘z-o‘zidan navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik boshlab yuborildi. O‘zbek bokschilarini oldinda ko‘plab musobaqalar kutib turibdi.

Bugun navbatdagi musobaqalar oldidan O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Yig‘ilish davomida endilikda terma jamoada ishni tashkil etishda kiritiladigan o‘zgarishlar, oldindagi rejalar va boshqa masalalar gaplashib olindi. Federatsiya rahbari barcha uchun imkoniyat borligi haqida gapirdi.

"Endilikda terma jamoa tarkibi bir necha mutaxassisdan tashkil topgan murabbiylar kengashi qaroriga ko‘ra aniqlanadi. Terma jamoa uchun yig‘inlar soni ko‘paytiriladi.

Barchangizda o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz bor. Unga erishish uchun esa faqat va faqat mehnat qilishingiz lozim.
Bu yerda o‘tirgan barcha bokschilar Parij Olimpiadasi, jahon chempionatlari uchun potensial nomzod hisoblanishadi.

Sizdan talab qilinadigani faqat intizom va mehnat. Musobaqalarga kim kuchli bo‘lsa o‘sha boradi. Tarkib tanlashda nomlarga qarab o‘tirmaymiz. Barchada imkoniyat bor.

Shuni his qilishingizni istardimki, Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovichning aynan boksga e’tiborlari boshqacha. Biz ushbu e’tiborga yuksak natijalarimiz bilan javob qaytarishimiz lozim", - dedi Saken Polatov.

Yig‘ilish davomida shuningdek kengaytirilgan tarkib aniqlab olingani ma’lum qilindi. Jahon chempionati 13 ta vazn toifasida o‘tkazilishi yana bir bora eslatib o‘tildi.

Uchrashuvda terma jamoamiz sardori Bahodir Jalolov, shuningdek Rustam To‘laganov va yana bir necha bokschilarimiz o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saken Polatov O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)