10:23 / 24.08.2021
3 115

Mbappe supertaklifdan yuz o‘girdi

Mbappe supertaklifdan yuz o‘girdi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappega yana bir bor hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha shartnoma taqdim etdi. Unga ko‘ra, parijliklar futbolchining maoshini yanada oshirishni va’da qilgan.

Parij klubi yosh hujumchiga bir yilga uzaytirish imkoni bilan besh yillik bitim taklif qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, Mbappe bu gal ham kelishuvni imzolashni rad etgan.

Bundan kelib chiqib, PSJ rahbariyati Mbappeni yozgi transferlar tugagunicha sotib yuborishga qaror qilgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Avvalroq, “Real” bir necha o‘yinchisi transferidan tushgan mablag‘lar evaziga Mbappe uchun 130-170 million yevro atrofida badal puli berishga tayyorligi haqida xabarlar chiqqandi. “Qirollik klubi” rasmiy so‘rovni transfer oynasining so‘nggi ikki kuni ichida yo‘llamoqchi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe supertaklifdan yuz o‘girdi