3 260
Ro‘ziqul Berdiyev rahbariyatdan norozi. U ertaga "Nasaf"dagi taqdiri haqida gaplashmoqchi!
“Nasaf” klubi o‘z maydonida “Navbahor”ga yutqazib qo‘ygach, mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida muammolar haqida ochiq gapirdi.
- O‘yin haqida nima deyman? O‘ylashimcha, yomon harakat qilmadik, omadimiz kelmadi. Ba’zi vaziyatlarda “Navbahor” darvozaboni yaxshi harakat qildi. Yigitlarga unchalik e’tiroz yo‘g‘-u, baribir natija yaxshi bo‘lmadi. “Navbahor” ko‘p vaziyat yaratmadi, ammo uzoqdan tepilgan to‘p darvozamiz to‘ridan joy oldi.
- Nega legionerlar zaxiradan maydonga tushirildi?
- Legionerlarimizni o‘yinni kuchaytirish uchun ikkinchi bo‘limga olib qo‘ygandik. Ular imkon qadar jamoaga yordam berishga harakat qildi. Lekin ayrim pozitsion xatolarga ham yo‘l qo‘yishdi. Raqib qarshi hujumga o‘tganida markazda nuqsonlar bo‘ldi. Rejamiz to‘g‘ri edi, faqat bugun omadimiz kelmadi.
- Oybek Bozorov maydondan chetlatilgan vaziyatda darvozabon birinchi bo‘lib to‘pga chiqishi kerakmidi?
- Qizil kartochka bo‘lgan vaziyatni ko‘rish kerak. O‘ylashimcha, Oybek to‘pga birinchi bo‘lib ulgurgandek edi. Balki bu qizilga tortadigan vaziyat emasdir. Boshqatdan ko‘rgandan so‘ng, fikr bildirish mumkin.
- Rahbariyat bilan o‘rtangizda yana kelishmovchilik borligi haqida ma’lumotlar bor...
- To‘g‘risini aytishim kerak, vaziyat biz kutgandek emas. Ancha muammolarimiz yechilmayapti. Bugungi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olib, ular bilan vaziyatni muhokama qilmoqchiman, o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Ya’ni, rahbarlar bilan o‘z taqdirim haqida gaplashmoqchiman. Natija uchun faqat futbolchilar va murabbiylar javobgar bo‘lmasligi kerak. Hamma birlashishi kerak. Qachondir o‘yinimizda pasayish bo‘lishi kerak edi. Vaziyat shunga qarab kelayotgandi. Shu bois rahbariyat bilan ochiqchasiga gaplashmoqchiman.
- Bu futbolchilarning ruhiy holatiga ham ta’sir qilyaptimi?
- Albatta, ta’sir qiladi. Futbolchilarni har doim o‘ynanglar deb motivatsiya berish ham effekt beravermaydi. Vaziyat jiddiy. Jamoamiz oldida uchta frontda o‘yinlar turibdi. E’tiborsizlik bo‘laversa, yanada chuqurlashishi mumkin.
- Klubda muammo nimada? Oyli maoshlarmi yoki...
- Tashkilotchilik masalasi. Rag‘batlantirish, motivatsiya berish kerak. Bu bugungi o‘yinga bahona emas. Ushbu mag‘lubiyat fojea emas. Biz hali har bir frontda yuqori o‘rinlar uchun kurashishimiz mumkin. Ammo tashkilotchilik tarafidan e’tiborsizlik bo‘laversa, bu o‘yinimizga ta’sir qilishi mumkin. Muammo oldindan o‘rtaga tashlangan. Bu nimadaligini ular ham, biz ham bilamiz. Faqat jamoaga e’tibor kerak, bu narsa juda ham muhim. Rahbariyat jamoa bilan birga bo‘lishi, himoya qilishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak. Balki boshqa yangiliklar ham bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”