00:30 / 02.09.2021
2 308

OCHL. OFK hisoblash tizimini o‘zgartirdi va endi O‘zbekistonda 3+1 uchun imkoniyat paydo bo‘ldi

OCHL. OFK hisoblash tizimini o‘zgartirdi va endi O‘zbekistonda 3+1 uchun imkoniyat paydo bo‘ldi
OFK yangilangan klublar reytingini e’lon qildi. Bungacha O‘zbekiston umumiy reytingda 9, G‘arb mintaqasida 5-o‘rinda edi. Yangilangan reytingda esa O‘zbekiston umumiy reytingda 7, G‘arb mintaqasida 4-o‘ringa chiqib oldi.

Bunga OFK tomonidan reytingni tuzishdagi hisoblash tizimining o‘zgartirgani sabab bo‘ldi, deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.

Ayni paytdagi holatga ko‘ra O‘zbekiston 2023 yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida 2ta va saralash bosqichida 2ta klubga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Hisoblash tizimi qanday o‘zgardi? Oldinlari OFK OCHL va OFK kubogi musobaqasidagi klublarning ochkolarini qo‘shardi va klublar soniga bo‘lardi. Ya’ni 2021 yil xalqaro maydonda yurtimiz sharafini 3ta klub himoya qildi ("Paxtakor", AGMK va "Nasaf"). Yangilangan hisoblash tizimida OCHL alohida va OFK kubogi alohida hisoblandi. Ya’ni "Nasaf"ning muvaffaqiyatli yurishi ochkolarimizning yanada ko‘payishiga olib kelmoqda.

Yanada e’tiborli tomoni O‘zbekiston 2022 yil ushbu reytingda G‘arb mintaqasida 3-o‘ringa chiqib olishi kutilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Eron bizdan 0,405 ball ko‘p to‘plagan. Agar bu farqni yo‘qqa chiqarib ikkinchi o‘ringa chiqa olsak 2024 yilgi mavsumda O‘zbekistonga OCHLda 3+1 kvotasi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 yillarda OCHLda O‘zbekistonga 1+1 kvotasi berilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. OFK hisoblash tizimini o‘zgartirdi va endi O‘zbekistonda 3+1 uchun imkoniyat paydo bo‘ldi