1 630
Jorjino: "Meni Sarrining o‘g‘li deb atashayotgandi. Endi YECHL va Yevropa ligasi g‘olibiman"
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Napoli"dan ushbu klubga o‘tgani haqida gapirdi.
"Neapolni tashlab ketish men uchun og‘ir bo‘lgandi. "Chelsi"dagi faoliyatim boshlanganidan keyin ushbu shaharni sog‘ina boshladim.
O‘shanda menga qanday munosabatda bo‘lishgani barchamizning yodimizda, to‘g‘rimi? Sekin edim, kuchsiz edim. Sarrining o‘g‘li deyishardi. Bu esa meni tashvishlantirardi.
Ammo, meni eshiting, o‘shanda noto‘g‘ri baho bergansiz. "Verona"da o‘ynayotganimda meni jamoada ko‘rishni istashmagan va 4-ligaga ijaraga berib yuborishgandi. Hech kimga kerak emasdim. Biroq ishlashda davom etdim va hurmatga sazovar bo‘ldim. "Verona"ga qaytdim va birgalikda A Seriyaga chiqdik.
"Napoli"da og‘ir mavsum o‘tdi. Sarri kelganidan keyin esa barchasi o‘zgardi. "Chelsi"da o‘tgan ishlar esa shunchaki bir bo‘shliq. Ko‘plab tanqidlarni eshitardim. O‘shanda: "Ular hali uyalib qoladi", deb harakat qilardim.
Hozir esa bu yerda Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi sohibi sifatida o‘tiribman. Endi ushbu tanqidlar uchun bir so‘z aytaman xolos: rahmat. Barchaga rahmat", - dedi Jorjino. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”