16:27 / 06.09.2021
1 969

MDH o‘yinlari: 27 ta medal olgan delegatsiyamiz 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

MDH o‘yinlari: 27 ta medal olgan delegatsiyamiz 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan MDH o‘yinlarining bugungi kuni delegatsiyamizning benefisiga aylanib ketdi. Ushbu kun dasturida bahslarga kirishgan vakillarimiz 14 ta oltin, 12 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Medallar boks va belbog‘li kurash bo‘yicha qo‘lga kiritildi. Har ikki sportda ham yosh atletlarimiz mos ravishda 7 tadan oltin medalni delegatsiyamiz hisobiga yozib qo‘yishdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan vakillarimiz haqida ma’lumot:

Oltin:
Boks:

-48 kg: Javohir Qo‘ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farruh To‘laganov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
-46 kg: Gulsevar G‘aniyeva
-63 kg: Sitora Bahodirova
-70 kg: Oysha Toirova
Belbog‘li kurash:
-57 kg: Kamronbek Ortiqov
-68 kg: Oybek Sultonov
-75 kg: Nusratbek Sultonboyev
-82 kg: Muhammadjon Rasulov
-90 kg: Oybekjon Muhammadiyev
-52 kg: Farangiz Abdunabiyeva
-66 kg: Maftunabonu Mahmudova

Kumush:
Boks:

-46 kg: Ilhomjon Ergashev
-57 kg: Qahramonjon Fozilov
+80 kg: Ravshanjon Soliyev
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-50 kg: Shaxina Ne’matova
-57 kg: Ra’no Muratbayeva
-60 kg: Muxlisa Toxirova
-66 kg: Sanobar Bozorboyeva
-80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Belbog‘li kurash:
-48 kg: Mohigul Ibragimova
-58 kg: Biybigauxar Polatbayeva
-76 kg: Zemfira Azatova

Bronza:
+76 kg: Munisaxon Nosirova

Bunday ulkan natijadan so‘ng delegatsiyamiz 14 ta oltin, 14 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MDH o‘yinlari: 27 ta medal olgan delegatsiyamiz 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi