
Shvetsiya – O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Yanne Andersson o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘ylashimcha, bugun maydonda mening jamoam yaxshiroq harakat qildi. Lekin vaqti-vaqti bilan O‘zbekiston ham sifatli futbol namoyish etdi. To‘pga egalik qilganda agressiv futbol ko‘rsatdi. Ayniqsa, 14-raqamdagi futbolchi (Eldor Shomurodov nazarda tutilmoqda)ni e’tirof etgan bo‘lardim. U yaxshi gol urdi.
Biz haqli g‘alabaga erishdik. Shu bilan birgalikda raqibimiz ham ijobiy taassurot qoldirdi va yaxshi futbol namoyish etdi, - dedi Yanne Andersson.
ShvetsiyaO‘zbekistonYanne AnderssonFutbol UchunEldor ShomurodovO‘FA Matbuot O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar