00:05 / 07.09.2021
3 133

Tokio—2020 Paralimpiadasi sovrindorlariga mukofotlar topshirildi

Tokio—2020 Paralimpiadasi sovrindorlariga mukofotlar topshirildi
Foto: «Sport TV»
Tokio—2020 Paralimpiadasida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga Prezident sovg‘asi sifatida avtomobil va Toshkent shahridan uylar topshirildi.

Oltin medal egalariga Chevrolet Tahoe va Toshkent shahridan 3 xonali uy topshirildi. Kumush medal egalariga Chevrolet Traverse va 2 xonali uy berilgan bo‘lsa, bronza medalga ega chiqqan sportchilarga Chevrolet Trailblazer va 1 xonali uy berildi.

Qayd etish kerak, Paralimpiya o‘yinlaridan avval oltin medal egalariga 200 ming AQSH dollari, kumush medal uchun 100 ming AQSH dollari, bronza medaliga ega chiqqanlarga esa 50 ming dollar pul mukofoti berilishi ma’lum qilingandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 19 ta medal (8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi.

Oltin medal qo‘lga kiritganlar (8 nafar)
- Boburjon Omonov (yengil atletika, disk uloqtirish)
- Husniddin Norbekov (yengil atletika, yadro uloqtirish)
- Feruz Saidov (dzyudo)
- Uchqun Quronboyev (dzyudo)
- Guljanoy Naimova (taekvando)
- Safiya Burxanova (yengil atletika, yadro uloqtirish)
- Mohigul Hamdamova (yengil atletika, disk uloqtirish)
- Nozimaxon Qayumova (yengil atletika, nayza uloqtirish)

Kumush medal qo‘lga kiritganlar ( 5 nafar)
- Dovurxon Karomatov (dzyudo)
- Nurxon Qurbonova (yengil atletika, nayza uloqtirish)
- Ro‘za Qo‘ziyeva (pauerlifting)
- Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)
- Parvina Samandarova (dzyudo).

Bronza medal qo‘lga kiritganlar (6 nafar)
- Sharif Halilov (dzyudo)
- Elbek Sultonov (yengil atletika, yadro uloqtirish)
- Islam Aslanov (suzish)
- Toshpo‘latova Shohsanam (suzish)
- Nurxon Qurbonova (yengil atletika, yadro uloqtirish)
- Nafisa Sheripboyeva (dzyudo).

Avgust oyining boshida Olimpiadada oltin medal qo‘lga kiritgan sportchilarga Tahoe va 4 sotixli hovli, bronza medaliga ega chiqqanlarga esa esa Trailblazer va 2 xonali uy berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio—2020 Paralimpiadasi sovrindorlariga mukofotlar topshirildi