Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Havo harorati pastlagani sababli har ikki jamoa futbolchilari harakatida tezkorlik ko‘zga tashlandi. Jamoam bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, hujumda ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bir necha vaziyatlar yaratdik va yirik g‘alabaga erishdik. Futbolchilarimdan har tomonlama qoniqish hosil qildim. Mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi, deya olaman",- deydi Piter Xyuistra.
- "Paxtakor" bugungi kunda raqobatchilaridan ancha o‘zib ketgan. Shu bois tarkibda yanada ko‘proq yoshlarni tushurishni imkoni bormi?
- Shundoq ham mavsum davomida yoshlarga imkoniyat berib kelyapmiz. "Paxtakor" yosh va tajribali futbolchilarning uyg‘unlashuvidan tashkil topgan jamoa hisoblanadi. Kim o‘zini ko‘rsatsa, asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotlasa tushiramiz.
- Bir necha kun oldin Shvetsiya bilan o‘yinda maydonga tushgan futbolchilar bugun ham asosiy tarkibda harakat qildi. Ularda charchoq alomatlari yo‘qmidi?
- Terma jamoa safidan qaytgan o‘yinchilar tez tiklanishdi. Shuning uchun asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Biz doim futbolchilarning yaxshiroq holatda bo‘lishiga intilamiz. Mashg‘ulot va o‘yinlarda o‘sib, har bahsda yaxshiroq ko‘rinishga urinamiz. Biz shunga harakat qilamiz. Hali eng yaxshi darajaga chiqib ulgurmadik. Shu yo‘l sari harakat qilyapmiz.
- Besh kundan so‘ng Toshkentda "Navbahor" bilan o‘ynaysizlar. Mazkur uchrashuv haqida fikringizni bildirsangiz...
- Ushbu bahsga qadar besh kun vaqtimiz bor. Yanada yaxshiroq o‘ynash uchun harakat qilamiz. Ko‘rsatayotgan o‘yinimiz har doim yaxshi bo‘lishi kerak. Raqib jamoa haqida biror narsa deya olmayman. Hali ularni o‘rganmadik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”