Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga o‘tish uchrashuvi doirasidagi «Bunyodkor» va «Al-Jazira» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi, deb xabar beradi «Uff.uz».
O‘yin «qaldirg‘ochlar»ning faol hujumlari bilan boshlandi. Aytish kerakki, tarkibida bir qator nomdor futbolchilarga ega amirlik klubi o‘yinning boshlarida u qadar bosim uyushtirgani yo‘q. «Al-Jazira»ning eng mashhur legioneri Mirko Vuchinich ushbu o‘yinda ishtirok etmaganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.
Dastlabki gol o‘yinning 23-daqiqasiga to‘g‘ri keldi. Ketma-ket uchta burchak to‘pidan keyin «Bunyodkor» hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Sardor Rashidov tomonidan oshirib berilgan to‘pni Vohid Shodiev darvozaga aniq yo‘lladi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari O‘zbekiston uchun omadsiz keldi. O‘yinni boshqarib borgan Ali Rizo Fag‘oniy «Al-Jazira» futbolchisiga nisbatan «Bunyodkor» jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatgan deb topdi. 11 metrli nuqtaga yaqinlashgan Osiyo Kubogi to‘purari Ali Al-Mabhut aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim ham O‘zbekiston vakillarining faolligi bilan boshlandi. 53-daqiqaga kelib «Bunyodkor» futbolchilari ajoyib kombinasiya uyushtirdi. Shodiev tashlab bergan to‘pni Minori chiroyli tarzda Rashidovga etkazib berdi. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqan Rashidov vaziyatni ko‘kka sovurmadi – 2:1.
Shundan keyin «Al-Jazira» hujumga o‘tib, hisobni tenglashtirishga harakat qildi. Ammo «Bunyodkor» himoyachilari ularning hujumlarini bartaraf etib turdi. Bir vaziyatda Minorining o‘zi ikki raqib futbolchisi o‘rtasidan yorib o‘tib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi, ammo himoyachilar uni qo‘llari bilan ushlab qoldi. Biroq Fag‘oniy bu vaziyatda Minori simulyasiya ishlatgan deb topib, unga sariq kartochka ko‘rsatdi. Kamiga hakamga e’tiroz bildirgani uchun Shodiev va Ibrohimovga sariq kartochka ko‘rsatdi.
O‘yin oxiriga qadar «Bunyodkor» vakillarida gol kiritish uchun yana bir qator qulay vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo ular bu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Shu tariqa «qaldirg‘ochlar» nomdor raqib ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.
«Bunyodkor» – «Al Jazira»: 2:1
Gollar: Vohid Shodiev 22, – 1:0. Ali Mabhut 45+1 penalti, – 1:1. Sardor Rashidov 52, – 2:1.
«Bunyodkor»: Akbar To‘raev, Akmal Shorahmedov, Shaker Zuagi, Javlon Ibrohimov, Sato Minori, Mirzohid G‘ofurov (Doston Hamdamov, 55), Ivan Miloshevich, Vohid Shodiev (Eldor Shomurodov, 65), Artyom Filiposyan, Sardor Rashidov, Akram Komilov.
«Al Jazira»: Al Senani, Musallim Fayoz, Ali Mabhut, Jusiley, Manuel Lanzini, Pitroypa, Hamis Ismoil (Yosir Matar, 84), Abdulla Musa, Xolid Sebil, Saif Xalfan (Hasan Amir, 63), Bashir Said.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi