
Krishtianu Ronaldu "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda debyut qildi. "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Nyukasl" bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi birinchi o‘yinning o‘zidayoq dubl qayd etdi.
"Mening "Old Trafford"ga qaytganim, bu stadion nega "Orzular teatri" deb nom olganiga misol. Old Trafford - sehrli joy. Bu yerda sen nima haqida o‘ylasang shunga yetishishing mumkin.
Jamoadoshlarim va ajoyib muxlislar qo‘llab-quvvatlovi bilan biz oldinga o‘zimizga ishonch ila intilamiz.
MYUga qaytganim va APLda yana o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman. Ammo, eng birinchi navbatda jamoaga yordam berishdan baxtliman!", - deb yozadi futbolchi.
Krishtianu RonalduManchester YunaytedOld TraffordDubl QaydOrzular TeatriAPLda Oynash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar