14:58 / 18.09.2021
1 746

Harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati: O‘zbek bokschilarining dastlabki raqiblari bilan tanishing

Harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati: O‘zbek bokschilarining dastlabki raqiblari bilan tanishing
Ertaga Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham qatnashishmoqda. Kecha musobaqaning qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar musobaqani qaysi raqibga qarshi va qaysi bosqichdan boshlashlari aniq bo‘ldi:

Qizlar:
-51 kg: Aziza Yoqubova - Minu Gurung (Nepal) (1/8 final)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Dariya Abramova (Rossiya) (1/8 final)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Badmarag Ganzorig (Mo‘g‘uliston) (1/8 final)
-69 kg: Navbahor Hamidova - Bimala Shresta (Nepal) /Saadat Dalgatova (Rossiya) (1/2 final)
-75 kg: Mavluda Mavlonova - Mariya Urakova (Rossiya) (1/4 final)

Erkaklar:
-49 kg: Abdumajid Mannopov - Xose Gonsales (Venesuela) (1/8 final)
-52 kg: Foziljon Abdumurodov - Dmitriy Dvali (Rossiya) (1/16 final)
-56 kg: Samandar Xolmurodov - Sobhan Sahrai (Eron) / Ovik Oganisyan (Rossiya) (1/4 final)
-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Klasinton Klandera (Keniya) (1/8 final)
-64 kg: Mujibillo Tursunov - Husayn Jiddi (Eron) (1/16 final)
-69 kg: Bilol Mirzarahimov - Gul Zaib (Pokiston) (1/16 final)
-75 kg: Nurislom Ismoilov - Moreno Fendero (Fransiya) (1/8 final)
-81 kg: Shohrux Rustamov - Yaxyo Taha (Suriya) (1/8 final)
-91 kg: Javohir Tog‘aymurodov - Muhammad Ali Melki (Tunis) (1/8 final)
+91 kg: Laziz Mullajonov - Mahammad Abdullayev (Ozarbayjon) (1/8 final)

Janglar ertaga boshlanadi. Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati: O‘zbek bokschilarining dastlabki raqiblari bilan tanishing