Tarixda ilk bor O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqdi (video)

Tarixda ilk bor O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqdi (video)
Litvada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi Misrga qarshi bahs olib bordi.

Guruhning so‘nggi hal qiluvchi uchrashuvida vakillarimiz 2:1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi va tarixda ilk bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Husniddin Nishonov gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi taymning dastlabki daqiqalarida Misr futbolchisi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 34-daqiqada Anasxon Rahmatov super gol urib, jamoamizga g‘alaba keltirdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar