1 719
Tarix uchun birgina g‘alaba yoxud O‘zbekiston terma jamoasidagi e’tiborni tortgan jihatlar
Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi oxirgi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Misr bilan bellashdi.
Uchrashuvdan avval turnir jadvalida Rossiya 2 g‘alaba bilan peshqadamlik qilayotgandi. Misr va Gvatemala hisobida 3 ochkodan bor edi. Bahodir Ahmedov shogirdlari esa oxirgi pog‘onada borayotgandi.
Lekin holatimiz yomon emasdi. Birgina g‘alaba bizni pley-offga olib chiqishi mumkin edi. To‘g‘ri, buning uchun Rossiya Gvatemalani yutib berishi va biz ham zafar quchishimiz kerak edi. Voqealar rivoji amalda ham shunday bo‘ldi.
Uchrashuv boshida ko‘pchilik qatori men ham hayron qoldim. Futbolchilarimizda avvalgi ikki turdagi shasht va ishtiyoq ko‘rinmadi. Tezkorlik bilan harakatlanish sezilmadi. Lekin bu aldamchi harakat bo‘lib chiqdi. Chunki murabbiylar xatolardan to‘g‘ri hulosa chiqarib, futzalchilarga sovuqqonlik bilan o‘ynash kerakligini o‘rgatibdi. Bu quvonarli. Chunki kuchimiz yetar ekan deb oldinga qarab o‘tib ketish yaxshi oqibatlarga olib ketmasligini juda ko‘p ko‘rganmiz. Bu safar unday bo‘lmadi. Xatto raqib o‘ynovchi darvozabonni tushirganda to‘p bizga kelgach ham futzalchilarimiz ochiq darvozaga tavakkal qilib tepib yubormadi. Hotirjamlikni saqlab qoldi. Bu menimcha, g‘alabaning asosiy omili.
Yana bir jihat e’tiborni tortdi. Misr bilan bahsda futzalchilarimiz individual mahoratini namoyish etmadi. Qaytanga raqib kichik maydonda bir nafar vakilimizdan osonlik bilan o‘tib ketgan holatlarni ko‘rdik. Bu ularga ustunlik berdi. Chunki kichik maydon va kam sonli futzalchilar bahsida bitta odamni ortda qoldirish xavfli vaziyat sodir etishga olib kelishi mumkin. Ammo baxtga qarshi raqibimiz bundan foydalana olmadi.
Bu ikki jihat avvalgi o‘yinlarda bizga yetishmayotgandi. Murabbiylar shu tomonlarga e’tibor qaratgani yaxshi bo‘ldi. Gvatemala bilan bahsda ham endi durang qayd etganimizda oxirgi soniyalarda sovuqqonlik yetishmagandi. Arang durangga erishganimizda oldinga o‘tib yana gol urmoqchi bo‘lgan futzalchilarimiz jazolangandi. Mana shunaqa bitta o‘yinlik bellashuvlarda sovuqqonlik muhim ahamiyat kasb etishini barcha biladi.
Eng asosiysi biz muhim o‘yinda g‘alaba qozona olishimizni isbotladik. Futbol va boshqa jamoaviy sport turlarida bu bizning eng nozik nuqtamiz edi. Bunga futzalchilarimiz barham berishdi. Barham berganda ham tarixiy natija qayd etishdi. Ya’ni futzalchilarimiz jahon chempionatida ilk bor zafar quchishdi va o‘z tarixlarida birinchi marta mundialda plef-offga yo‘l olishdi.
Terma jamoamizga endi keyingi bosqichda Eron yoki Argentina duch keladi. Raqibning kim bo‘lishidan qat’iy nazar vakillarimizga g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz. Ular guruhdan chiqish vazifasini bajarishdi va endi pley-offda bosimsiz harakat qilishi mumkin. Mundialdagi g‘alaba katta ishonch bag‘ishlaydi.
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”