OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Moxun Bagan” uchrashuvida qarshiliklar 6:0 hisobida zafar quchishdi.
Dastlab hindistonliklar o‘z darvozalarini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Keyin Husayin Norchayev xet-trik qayd etdi. Birinchi bo‘lim oxirida Oybek Bozorov bitta gol urdi.
Tanaffusdan so‘ng Doniyor Narzullayev bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Natijada "ajdarlar" 6:0 hisobidagi g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Antonio Lopez Habas ishtirok etdi.
- Afsuski, o‘yindan olgan tassurootlarimiz ijobiy emas. Katta hisobdagi mag‘lubiyatni kutmagan edim. Faoliyatimdagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi. Endi bugungi mag‘lubiyatni unutib, doimiy hayotga qaytishimiz lozim. Aslida biz bu qadar yirik hisobidagi mag‘lubiyatga loyiq jamoa emas edik.
Raqib to‘pni ushlash borasida ustunlik qildi. Shu bois ko‘plab vaziyatlarda ular istagan ishlar amalga oshdi. Uchrashuv boshidagi tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. Aslida raqib ancha jiddiy jamoa ekanligini bilardik. Ularga qarshi taktikalar ishlab chiqqandik. Ammo bu amalga oshmadi, - dedi mehmonlar murabbiyi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...