09:39 / 25.09.2021
1 963

Futzal bo‘yicha JCH chorak finalida o‘ynaydigan barcha juftliklar aniq bo‘ldi

Futzal bo‘yicha JCH chorak finalida o‘ynaydigan barcha juftliklar aniq bo‘ldi
Foto: «Prosports.kz»
Litva mezbonlik qilayotgan Futzal bo‘yicha jahon chempionati 1/8 final bahslari yakuniga yetdi. So‘nggi ikki juftlikda Ispaniya Chexiyaga, Portugaliya Serbiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Har ikki o‘yinda ham Pireney yarimoroli vakillarining qo‘llari baland keldi.

Futzal. JCH. 1/8 final. 24 sentabr

Ispaniya — Chexiya 5:2
Gollar:
Raul (4), Gomes (5), Raya (13), Adolfo (15), Ortiz (40) — Resetar (23), Holi (32).

Portugaliya — Serbiya 4:3
Gollar:
Rikardino (14), Andre (15), Varela (43), Mandanko (43) — Lazarevich (23, 28), Joao (50, avtogol).

1/4 final juftliklari:
Marokash — Braziliya (26 sentabr)
Rossiya — Argentina (26 sentabr)
Ispaniya — Portugaliya (27 sentabr)
Eron — Qozog‘iston (27 sentabr).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal bo‘yicha JCH chorak finalida o‘ynaydigan barcha juftliklar aniq bo‘ldi