17:18 / 28.09.2021
2 627

Davron Fayziyev: "Santyago Bernabeu"dagi o‘zbek

Davron Fayziyev: "Santyago Bernabeu"dagi o‘zbek
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Real" - "Sherif" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar safida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev harakat qiladi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida ushbu bellashuv oldidan quydagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- "Santyago Bernabeu"dagi o‘zbek. Bugun biz uchun yana bir e’tiborli voqea ro‘y beradi. Jasur Yaxshiboyev va uning "Sherif" jamoasi Chempionlar ligasi doriasida "Real" Madrid bilan o‘ynaydi. "Santyago Bernabeu"da. Bosh murabbiy Yuriy Vernidub uni asosiy tarkibda tushirishini kutamiz. Yaxshiboyev esa xotirjamlikni yo‘qotmagan holda o‘zini ko‘rsatishi, kamida Anchelottining e’tiborini tortishi kerak. “35 million xalqimiz, hamma sendan gollar kutadi”, degan hayajonli gaplar bilan uning yelkasiga qo‘shimcha yuk osib qo‘ymaymiz. Jasurbek, bu ham bir o‘yin, sen esa maydonda o‘z ishingni bilasan. Bos! - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: "Santyago Bernabeu"dagi o‘zbek