18:43 / 28.09.2021
2 096

Jasur Jaloliddinov: So‘z bergandim!

Jasur Jaloliddinov: So‘z bergandim!
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan bahsda "Lokomotiv" o‘z maydonida "Mash’al"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Temiryo‘lchilar"ning dastlabki goli muallifi Jasur Jaloliddinov o‘yindan so‘ng klub matbuot xizmatiga intervyu berib o‘tdi:

- "Qiziq va qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimiz uchun tavakkal qildik. Himoyaga kamroq e’tibor bergan holda hujumni o‘yladik. Menimcha, bu o‘z samarasini berdi. O‘ylashimcha, xarakter ko‘rsata oldik".

- "Lokomotiv"dagi debyut golingizni urdingiz. Raqiblardan bunchalik oson o‘tib ketishingizni sezganmidingiz?
- "Debyut golimni urganimdan xursandman. Hisobda ortda borayotgan paytimizda raqiblar himoyada zich o‘ynay boshlashdi, deyarli 7-8 futbolchi bo‘lib himoyalanishdi. Shu sababli, aldovchi harakatlarga e’tibor berish kerak edi. Gol urgan vaziyatda eng to‘g‘ri qaror deb shuni bildim. Asosiysi - o‘ylagan ishim amalga oshdi. Jamoaning g‘alabasida o‘zimning hissamni qo‘shganimdan xursandman.

- Golingizni Islom Qobilovning kechagina tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga bag‘ishladingiz. Buni o‘yin oldidan barcha futbolchilar bilan birga kelishib olganmidingiz?
- "Yo‘q, unday bo‘lmagandi. Islom Qobilov bilan birga "Bunyodkor" akademiyasida birga katta bo‘ldik, bir jamoa tarkibida o‘ynadik. U bilan munosabatlarim a’lo darajada. Shu sababli, o‘yin oldidan Islomga gol urishga va golni uning farzandiga bag‘ishlashga so‘z bergandim".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Jaloliddinov: So‘z bergandim!